SPORT BILAN BIR JAMOAMIZ
Yoshlarni sportga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda. Xususan, Milliy gvardiyaning Farg‘ona o‘quv markazi xodimlari tomonidan viloyat hududida joylashgan umumtaʼlim maktab o‘quvchi yoshlari o‘rtasida qishki taʼtilni mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Farg‘ona shahrida joylashgan 21-sonli maktabda ham sportning volleybol, basketbol va qo‘l jangi turlari bo‘yicha jadval asosida shakllantirilgan turli yoshdagi sinf o‘quvchilari uchun to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.