SPORT SOGʻLIK GAROVIDIR !
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondonligining 2022 yil 24 yanvar kunidagi 09-sonli Farmoyishida, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalari oʻrtasida, sportning "Voleybol" turi boʻyicha musobaqa oʻtkazilishi belgilab oʻtilgan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan "Qarshi Olimpiya zaxiralari kolleji"ning sport majmuasida, Qashqadaryo viloyati, Surxondaryo viloyati hamda Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmalarining harbiy xizmatchilari oʻrtasida sportning "Voleybol" turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.
Murosasiz va qizgʻin bellashuvlarga boy boʻlgan musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi jamoasi 3-oʻrinni, Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi jamoasi 2-oʻrinni va faxrli 1-oʻrinni Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib jamoalar, Milliy gvardiya rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan munosib taqdirlandilar.