Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YОSHLAR SPORT BILAN HAMNAFAS

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyida muassasa tarbiyalanuvchilari uchun madaniy-maʼrifiy, ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Dastavval harbiylar tomonidan ishtirokchilarga o‘yin shartlari va baholash tartibi tushuntirilib, estafetaga start berildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar 100 metr masofaga yugurib avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish hamda sportning turnikda tortilish, stol tennisi, shaxmat-shashka, arqon tortish turlari bo‘yicha bellashdi.

Olti nafar o‘g‘il bolalardan tashkil topgan jamoalarning ishtirokchilari bahslar davomida astoydil g‘alaba sari intilishdi. Musobaqa yakunida ko‘rsatgichlari teng bo‘lib qolgan jamoalar o‘rtasidagi g‘oliblar, qo‘shimcha sinov tariqasida berilgan kuch mashqlarini bajarish orqali aniqlandi.

Sport tadbirida qatnashgan barcha yoshlarga Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan sovg‘a tariqasida maxsus harbiy kiyim-boshlar taqdim etilib, munosib rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi usullari va saf chiqishlari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etilgan harbiy-sport musobaqalari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishini yana-da orttirish maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan.

Text to speech