SPORT - BARCHANI BIRLASHTIRADI
Yoshlarni sportga jalb qilish sport turlarining rivojlanishida, qolaversa sog‘lom turmush tarzini qaror topishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu borada shahrimiz bo‘ylab o‘sib kelayotgan avlodni sportsevar qilib tarbiyalashda, uyushmagan yoshlarni bir maqsad sari birlashtirishda bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yakkasaroy tumani hokimligi, MFY va Milliy gvardiya hamkorlikda kelajak avlodni chiniqtirish, ular qalbida sportga bo‘lgan mehrni shakllantirishga qaratilgan musobaqa tashkillashtirildi.
Bunda tumanning mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlardan tashkil topgan jamoalar sportning voleybol, shashka, shaxmat turlari bo‘yicha bellashdilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlarga homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.