SPORT SINOVLARI SHAFFOFLIK ASOSIDA O‘TKAZILMOQDA
Bugun Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan Oltiariq tumanidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabining Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘qishga qabul qilish uchun sport sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur imtixonda viloyat bo‘ylab 60 dan ortiq o‘quvchilar faollik bilan ishtirok etib, o‘g‘il-qizlar 100 metrga yugurish, turnikda tortilish, uzunlikka sakrash, hamda koptok uloqtirish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarni sinovdan o‘tkazishdi.
Tadbirning yana bir quvonarli jihati shundaki, ota-onalar o‘z farzandlari nimalarga qodirligini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Sport sinovlari harbiy xizmatchilar nazorati ostida shaffoflik asosida o‘tkazildi.