SPORTCHILAR BILAN QIZIQARLI SUHBAT TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 17 iyun kuni Urganch shahrida joylashgan “Umid” bolalar oromgohida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida xizmat olib borayotgan bir guruh sportchi harbiylari ishtirokida “Milliy gvardiya sportchilari va yoshlar” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Yoshlarning sportchilarga berayotgan savollaridan ularning sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligini namoyon bo‘ldi. Sport ustalarining berilgan savollarga hayotiy misollar bilan javob berishlari uchrashuv ishtirokchilarida samimiylikni uyg‘otdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar ongida sog‘lom maʼnaviy axloqiy va ruhiy muhitni uyg‘otish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kelajakda sport bilan hamnafas bo‘lishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.