Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTCHILAR VA YОSHLAR UCHRASHUVI

Yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan eʼtibor va rag‘bat sabab sportga bo‘lgan eʼtibor har qachongidan ham bugungi kunda yuksak darajaga ko‘tarildi. Sportning har bir turi bo‘yicha bugun yurtimiz bayrog‘i dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yuqoriga ko‘tarilmoqda. Shuni faxr va g‘urur bilan ayta olamizki, bizning sportchilarimiz erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning balki barcha yurtdoshlarimizning ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib, shu yurtda yashayotganlikdan ko‘ngli tog‘dek quvonmoqda.

Shu maqsadda Farg‘ona “Dinamo” JTSB bilan hamkorlikda yoshlarimizni keng sportga jalb qilish, yoshlarni salbiy illatlardan xoli etish, safdoshlarimiz erishgan yutuqlarini o‘quvchi yoshlarga naʼmuna qilish va Milliy gvardiya saflarida xizmat olib borayotgan sportsevar yoshlar to‘g‘risida va ularga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida maʼlumot berish maqsadida yoshlar bilan Farg‘ona tumanida joylashgan yozgi dam olish oromgoxida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston va xalqaro musobaqalarida nufuzli o‘rinlarni egallagan bir guruh Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirok etib, sportda erishgan yutuqlari, sportning inson hayoti va sog‘ligi uchun foydali ekanligi va sportchilarga Milliy gvardiyada yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida maʼlumotlar berishdi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida oromgohda tashkil etilgan sportning “qo‘l jangi” turi bo‘yicha to‘garagida harbiy xizmatchilar qatnashib, yoshlarni yana bir bor keng sportga jalb maqsadida mahorat darslarini o‘tishdi.

 

Text to speech