Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTGA QIZIQISH BOLALIKDAN BOSHLANADI

Yoshlarni sportga jalb qilish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda. Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ham bunday sport tadbirlariga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqda.

Xususan, Nukus shahrida joylashgan 38-sonli umumtaʼlim maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportning kurash, tennis, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha “Sport bilan sog‘lom bolalik” shiori ostida musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona raqobat va qizg‘in bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tib, yoshlar unda o‘zlarining jismoniy mahoratlarini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi. Musobaqa davomida sportga qiziquvchan bolalar kelgusida qaysi sport turi bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishdi.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar kubok, faxriy yorliq va medal bilan taqdirlandi.

Text to speech