SPORT MUSOBAQALARI YoSHLARNI BIRLASHTIRMOQDASPORT MUSOBAQALARI YoSHLARNI BIRLASHTIRMOQDA
Joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent shaharida professional K-1 kechasi bo‘lib o‘tdi. Yakkasaroy tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Prokuror sovrini" uchun bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa O‘zbekiston K-1 federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi va Yakkasaroy tumani prokuraturasi tomonidan tashkil etildi.
Unda Prezident Administratsiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Milliy gvardiya qo‘mondoni, Yoshlar ittifoqi, Yoshlar agentligi, sektorlar rahbarlari va masʼullari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari mutasaddilari, taniqli sportchilar hamda murabbiylar ishtirok etdilar.
Musobaqa Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va o‘quvchilarining ko‘rgazmali hamda musiqiy chiqishlari bilan boshlanib barchaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Yettita vazn toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan yakka kurash bellashuvlarida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan professional sportchi yoshlar va harbiy sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.