Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTNING VOLEYBOL TURI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BIRINCHILIGI UCHUN HUDUDIY SARALASH MUSOBAQALARI YAKUNLANDI.

Sportning voleybol turi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi birinchiligi uchun 25-26 yanvar kunlari hududiy saralash musobaqalari boʻlib oʻtdi. Jamoalar 6 ta guruhga boʻlingan holda gʻoliblik uchun oʻzaro bellashishdi. Har bir guruhda 4 tadan jamoa ishtirok etishib, oʻzaro kuch sinashishdi. A va B-guruhi jamoalari oʻrtasidagi voleybol oʻyinlari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti voleybol maydonida boʻlib oʻtdi. Unda A-guruhidan Milliy gvardiya alohida vazifalarni bajaruvchi brigadasi gʻolib boʻlgan boʻlsa, B guruhida Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism voleybol sporti ustalarining qoʻli baland keldi. V-guruhidagi bahslar Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi sport maydonida oʻtkazildi. Barcha uchrashuvlarda gʻolib boʻlgan Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi musobaqaning finaliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. G-guruhidagi oʻyinlar ham murosasiz bellashuvga boy boʻldi. Qarshi Olimpiya zaxiralari kolleji voleybol maydonida boʻlib oʻtgan saralash oʻyinlarida Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi gʻolib boʻlishdi. Shuningdek, Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmalari D va YE guruhlarida gʻolib deb topildi.
Hududiy saralash bosqichlarida oʻz guruhlarida birinchi oʻrinni egallagan 6 ta jamoa 28-29 yanvar kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti voleybol maydonida gʻoliblik uchun musobaqalarga kirishishadi. Mazkur sport turnirini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad shundan iboratki, birinchilik yakuni boʻyicha voleybol sport turida Oliy liga bahslarida ishtirok etadigan Milliy gvardiya terma jamoasini shakllantirish va yoshlar oʻrtasida ushbu sport turini keng targʻib qilish koʻzda tutilgan.

Text to speech