Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTNING “TRIATLON” TURI BO‘YICHA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida sportning “Triatlon” turi bo‘yicha Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun viloyat yoshlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada jami 30 dan ortiq jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra umumiy hisobda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida faxrli 3-o‘rinni FVB xodimi serjant Tinchlikov Azizbek, faxrli 2-o‘rinni Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kichik serjant Umarov Imomnazar qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 1- o‘rinni viloyat IIB xodimi serjant Nomozov Azizbek qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra faxrli 3-o‘rinni Sh.Rashidov tumani ishtirokchisi Umirov Samandar, faxrli 2- o‘rinni Zarbdor tumani ishtirokchisi Abdusattorov O‘ral, faxrli 1-o‘rinni esa Jizzax shahar ishtirokchisi Qarshiboyev Abduvalilar qo‘lga kiritishdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar musobaqa yakunida tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari va esdalik uchun diplomlar bilan taqdirlandilar.

Tadbirning badiiy qismida tomoshabinlar va ishtirokchilar uchun ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etilib, ularining kayfiyatini ko‘targan bo‘lsa, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali jangovar chiqishlari esa yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech