Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SPORTNING KIKBOKSING TURI BO‘YICHA SIRDARYO VILOYATI BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI BO‘LIB O‘TDI

Sport turlarini ommalashtirish hamda yoshlar orasida keng tatbiq etish maqsadida 13-35 yoshdagilar o‘rtasida kikboksing sport turi bo‘yicha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida tashkil etilgan mazkur bahslar Jahon Kikboksing tashkilotlari assotsiatsiyasi (WAKO) qoidasi asosida va Olimpiya tizimi bo‘yicha o‘tkazildi. Turli vazn toifasida 100 yaqin sportchilar o‘zaro kuch sinashishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar so‘ngida g‘olib bo‘lgan sportchilar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech