O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" doirasida respublikamizning barcha hududlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ko‘chat ekish va bog‘lar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida Kuch tuzilmalari oliy o‘quv muassasalari kursant va talabalari o‘rtasidagi spartakiadaga start berildi / / Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminariga bugundan start berildi. Mazkur o‘quv seminarlari respublikamizning barcha viloyatlarida  bo‘lib o‘tadi // Namangan viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi / / Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda ko‘krak nishonlar o‘z egalariga topshirildi // Toshkent viloyatida aholini, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hamkor vazirliklar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari to‘g‘risidagi qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga doir chora-tadbirlar / / 25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Ushbu sana munosabati bilan barcha Ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylarini Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz! / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqi  / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari toʻgʻrisidagi qasamyodiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. // “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi / / Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda  / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

Sud-huquq sohasidagi masalalar muhokama qilindi

2021 yil 24 avgust kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan 6 ta masala (shundan 3 tasi qonun) ko‘rib chiqildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlarda bo‘sh sudyalik lavozimlariga nomzodlarning tanlov jarayonlarini internet tarmog‘i (shu jumladan, veb-sayt) orqali yoritib borishni yo‘lga qo‘yish, sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni taʼminlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda.

Qonunda sudyalar oliy kengashi aʼzolari qatoridan huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari chiqarib tashlanmoqda.

Shu bilan birga, Senat aʼzolari tomonidan sud tizimida “Ye-XSUD” axborot tizimi joriy etilgan bo‘lsada, qonun va qonun osti hujjatlarini yana-da tartibga solish, ularda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish yuzasidan 5 ta kodeksga, yaʼni Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish muhokama etildi.

Unda sudga murojaat qiluvchi fuqarolarga qulayliklar yaratilib, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatlarining sud tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinishi lozim degan qoida chiqarilib tashlanmoqda. Bu o‘z navbatida sudlardagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qilib, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini oshiradi.

Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida atroflicha muhokama qilindi.

Eʼtiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir maʼlumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan maʼlumotlar bazalarida shaxsiga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatishga oid talablarga rioya etmaslik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanayotganligi qayd etib o‘tildi.

undan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sud va boshqa organlari hujjatlarining ijrosi o‘z vaqtida taʼminlash holati, huquqni qo‘llash masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini tasdiqlash yuzasidan Senat qaror loyihasi ko‘rib chiqildi.

Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Text to speech