Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida navbatdagi Oilaviy bolalar uylari faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Respublikamiz bo‘ylab har bir viloyatda Milliy gvardiya ko‘magida Oilaviy bolalar uylari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, kuni kecha Surxondaryo viloyatidagi 12-Mehribonlik uyidan Denov tumanida yashovchi Jo‘rayevlar oilasi 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan bo‘lsa, Jizzax viloyatida joylashgan 29- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan 5 nafar o‘g‘il-qizni Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Qarshiboyevlar oilasi o‘z tarbiyasiga olib oila aʼzosi sifatida qabul qilishdi.
Eslatib o‘tamiz shu kunga qadar Toshkent shahrida Xasanovlar oilasi, Toshkent viloyatida Egamurodovlar oilasi, Sirdaryo viloyatida Boltayevlar oilasi, Farg‘ona viloyatida Valiyevlar va Komilovlar oilalari birinchilardan bo‘lib oilaviy bolalar uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yishgan edi.