Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlariga harbiy unvonlar topshirildi
Bugungi kunda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasida tizimni yana-da takomillashtirishga, xizmat ko‘rsatishning yangi mexanizmlarini amaliyotga keng tatbiq etishga hamda yurtdoshlarimizning tinch va osoyishta hayot kechirishini taʼminlashda xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ko‘plab yangi lavozimlar ham joriy etilib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va samarasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining 22 nafar xodimlariga ofitserlar tarkibining birinchi maxsus “leytenant” unvoni berildi. Tantanali marosimda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul rahbarlari ham ishtirok etib, harbiy unvon sohiblarining kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Shu bilan birga, xizmatlariga bo‘lgan masʼuliyat yana bir karra oshganligini, Vatanimiz daxlsizligi, yurtimiz farovonligini taʼminlashda bor kuch imkoniyatlarini safarbar etishlari zarurligini taʼkidlab o‘tdilar.