Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SURXONDARYODA “TRIATLON” BO‘YICHA MILLIY GVARDIYA BOSHLIG‘I KUBOGI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI

Kuni kecha Termiz shahridagi Amusohil maskanida viloyatdagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning “triatlon” turi bo‘yicha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun birinchilik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar va tumanlarda Qo‘riqlash bo‘limlari tomonidan mahallalar kesimida o‘tkazilgan saralash bosqichlarida ustunlikni qo‘lga kiritgan, 4 nafar yoshlardan iborat 14 ta jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar.

Musobaqa avvalida so‘z olganlar, yurtimizda “triatlon” sport turini rivojlantirish va uni keng aholi o‘rtasida ommalashtirishga qaratilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib, barcha sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Shundan so‘ng, qizg‘in bellashuvlarga start berilib, ishtirokchilar unda jamoaviy bo‘lgan holda belgilangan vaqtda, 100 metr masofani suvda suzib, 10 kilometrni velosiped haydab hamda 5 kilometr masofani yugurib o‘tdilar.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan uchrashuvda yoshlar naqadar jismonan chidamli hamda tezkor ekanliklarini namoyon etishdi. Sportchilarning barcha harakatlari, qobiliyatlari malakali hakamlar tomonidan baholab borildi. Hamjihatlikda va jamoaviy tarzda harakatlangan ishtirokchilar barcha shartlarda ustunlikka ega bo‘ldilar.

Musobaqada umumjamoa hisobida Sariosiyo tumani yoshlari jamoasi 1-o‘rinni egallab, Milliy gvardiya boshlig‘i kubogini qo‘lga kiritdilar. 2-o‘rinni Termiz shahri jamoasi olgan bo‘lsa, 3-o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani yoshlariga nasib etdi.

G‘olib bo‘lgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom hamda sakkiz, olti va to‘rt million so‘mdan pul mukofoti berildi. Shuningdek, "Eng faol ishtirok etgan jamoa" nominatsiyasi bo‘yicha ham, Denov va Qumqo‘rg‘on tumanlari yoshlariga bir million so‘mdan pul mukofoti taqdim etildi.

Yakunda barcha ishtirokchilar uchun bayramona dasturxon yozilib, ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

Text to speech