Surxondaryoda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda
Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali bo‘y ko‘rsatib turgan maydon erta tongdan harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi.
Bu yerda buyuk mutafakkir tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritilib, Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga muhtasham sanʼat saroyida konsert dasturi va mushoira kechasi havola etildi.