Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik ta’minlash: muammo va yechimlar

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetida “O‘ta muhim va toifalangan obyektlar xavfsizligi tizimini texnik ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi. Konferensiyada milliy ta’lim, ilmiy tashkilotlari bilan bir qatorda bir qancha dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalarining vakillari va boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalari va professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, bulardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi  Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy tuzilmalar faoliyatini ta’minlash bazasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi va О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan о‘quv markazi professor-o’qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, kursantlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Konferensiya yakunida Universitet “Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minlash” kafedrasi maxsus o‘quv sinflari va laboratoriya xonalarining zamonaviy  muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlanganligi va shu bilan bir qatorda Universitet Harbiy ilmiy jamiyati qoshida kafedraning malakali professor va o‘qituvchilari tarkibi boshchiligida mutaxassis kursantlari ratsionalizatorlik va ixtiro ishlarini namoyish etildi.

 

Text to speech