TALON-TAROJNING OLDI OLINDI
Joriy yilning 21 aprel kuni Buxoro viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Buxoro tumani “Buxoro maxsus suv pudrat” MCHJ ishchilari bo‘lgan fuqarolar M.M., I.K., va F.K. lar tomonidan ushbu korxonaga tegishli “ZIL” rusumli (dizel yoqilg‘isi tashish uchun moslashtirilgan) avtomashinadan 240 litr dizel yoqilg‘isini talon-taroj qilib, 1.160.000 so‘mga nomaʼlum shaxsga sotganliklari aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Buxoro tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.