Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TAMAKI MAHSULOTLARINING NOQONUNIY SAVDOSIGA ChEK QO‘YILDI

Mamlakatimizda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi hamkorlikdagi tizimli chora tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar bojxona va Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari hamkorligida respublikamiz hududiga juda ko‘p miqdordagi tamaki mahsulotlarini aylanma yo‘llar orqali noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi va ularni muomalaga kiritilishini oldini olish yuzasidan tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi xonadonlardan biri belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, belgilangan tartibdagi hujjatlari bo‘lmagan qiymati 245 mln 520 ming so‘mlik, 29 turdagi 16 680 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Davom etgan tezkor tadbir mobaynida Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan xonadonlardan biri belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qiymati 12 mln 600 ming so‘mlik 1050 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy tarzda saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 258,1mln.so‘mlik 17 730 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech