“25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan “25 oktyabr' – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan mamlakatimizda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda ichki ishlar organlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan Milliy gvardiya tizimidagi bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar taqdirlandi.
Mukofotlanganlarga “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoni, qo‘l soati va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan safdoshlarimizni ushbu mukofotlar bilan yana bir bor muborakbod etamiz.