TARIXIY G‘ALABAGA MUNOSIB HISSA QO‘SHGANLAR
Joriy yilning 9-14 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Milliy terma jamoamiz aʼzolari 37 ta davlatdan tashrif buyurgan 300 dan ortiq mahoratli sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan murosasiz janglar yakuniga ko‘ra jami 23 ta ( 6 ta oltin, 8 ta kumush va 9 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Rossiya 1 o‘ringa egalik qilgan bo‘lsa, faxrli
2 – o‘ringa hamyurtlarimiz loyiq deb topilib O‘zbekiston bayrog‘i yuqori ko‘tarildi.
Mazkur nufuzli musobaqada erishilgan g‘alabaga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ham munosib hissa qo‘shgan holda, 45 kg vazn toifasida Sh. Zohidova va 55 kg vazn toifasida bellashgan sportchi M.Quvondikovalar oltin medallarni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, 70 kg vazn toifasida S. Kim hamda 50 kg vazn toifasida G.Normatovalar musobaqaning kumush medallarini, shuningdek 65 kg vazn toifasida X. Sattorov hamda 90 kg vazn toifasida B. Xujabekovlar Milliy terma jamoamizga bronza medallarini taqdim qilishdi.
Safdoshlarimizni ushbu xalqaro musobaqalardagi zafarli qadamlari bilan samimiy muborakbod etamiz!