Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Tashvish tugmasi orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra Xorazm viloyati qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 03:38da Urganch shahar qo‘riqlash bo‘limi Monitoring markaziga, shaharning Xonqa ko‘chasida joylashgan “Xamkorbank”ga tegishli bo‘lgan bankomatdan tashvish xabari kelib tushgan.
Olingan xabarga ko‘ra va ko‘rsatilgan manzilga yetib borgan Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan, bankomat muhri buzilganligi hamda seyf eshiklari ochiq holatda ekanligi aniqlanib, yashirinishga uringan nomaʼlum shaxs voqea joyidan uzoq bo‘lmagan hududda qo‘lga olingan va Urganch shahar 2-sonli IIBga topshirilgan.
Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu nomaʼlum shaxs 34 yoshli Yangibozor tumanda yashovchi fuqaro M.B. ekanligi aniqlangan va surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech