Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“TEMIR DAFTAR”GA KIRITILGAN AYOLLARGA PSIXOLOGIK KO‘MAK BERILMOQDA

Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda “temir daftar”ga kiritilgan ayollarga har tomonlama yordam berish muhim vazifalardan biri etib tayinlanganligi bilan ham eʼtiborlidir. Kuni kecha Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ishtirokida Samarqand shahri Ro‘dakiy mahallasida istiqomat qiluvchi, “temir daftar”ga kiritilgan bir guruh ayollar bilan psixologik suhbatlar tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar avval xotin-qizlarning turmush tarzi, oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda himoya qilish, ish bilan bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha psixologik ko‘mak va muhim tavsiyalar berishdi.

Bu kabi tadbirlar samarasi o‘laroq bugungi kunda o‘zining oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan ayollar soni tobora ortib bormoqda. Bu esa xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirib, jamiyat hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lishga xizmat qiladi.

Text to speech