Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI “TEMURBEKLAR MAKTABI”GA YANGI QABUL QILINGAN YoSHLARNING O‘QUVCHILIK QASAMYODINI QABUL QILISHGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI MAROSIM BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi”ga yangi qabul qilingan yoshlarning o‘quvchilik qasamyodini qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan qasamyodni qabul qilgan o‘quvchilarga avvalo Amir Temur kabi halol, jasur, intizomli, mustahkam irodali, adolatparvar bo‘lishni, kelajakda haqiqiy Vatan himoyachisi bo‘lib yetishish uchun barcha fanlarni chuqur o‘rganib, bu yo‘lda uchragan qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tishiga tilaklar bildirildi.

Shuningdek, maktabning fidoyi jonkuyar jamoasi “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘iga asosan ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va milliy gvardiya qo‘l soatlari bilan mukofotlandi.

Qisqa muddat ichida “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari malakali o‘qituvchilardan harbiycha intizom va qoidalarini o‘zlashtirib olganligi tadbir so‘ngida bo‘lib o‘tgan saf yurishlarida namoyon bo‘ldi.

Text to speech