Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy-akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadasi oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil 2-iyunda imzolangan 13/36/19/25/13/33-sonli qaror asosida tasdiqlangan ““Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy-akademik litseylarda fan olimpiadalarini tashkil etishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori asosida 2025-yil 20-22 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bazasida “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi harbiy-akademik litseylari 1 va 2-bosqich oʻquvchilar oʻrtasida matematika, fizika, Oʻzbekiston tarixi, Davlat va huquq asoslari hamda ingliz tili fanlaridan fan olimpiadasi oʻtkazildi.
Olimpiada ishtirokchilarining bilim va malakalarini baholab borish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazildi.
Fanlar boʻyicha test sinovlari qoʻshma qaror asosida, koʻrsatilgan vaqt meʼyorlariga amal qilgan holda, yuqori saviyada tashkillashtirildi.
Test natijalari harbiy-akademik litsey vakillari guvohligida tekshirilib, gʻoliblar tegishligicha aniqlandi.
Fan olimpiadasi gʻoliblari Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan taʼsis etilgan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik S.Mamayusupov, harbiy kadrlar tayyorlash bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.Shuman, Toshkent shahar harbiy prokurori adliya polkovnigi O.Oʻsarov hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi vakili podpolkovnik E.Sharipov ishtirok etdilar.
Fan olimpiadasi ishtirokchilari uchun boʻsh vaqtlarida Yangi Oʻzbekiston bogʻi, Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Gʻalaba bogʻiga sayohatlar uyushtirildi.

Text to speech