Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Termizda Milliy gvardiya tizimidagi polvonlar kuch sinashdi

Joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan "Surxon arena" sport majmuasida sportning kurash turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi tashkil etildi. Unda respublikamizning barcha hududlarida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar. Musobaqaning ochilish marosimida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi masʼullari so‘z olib, yurtimizda kurash sport turini rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, mazkur musobaqada qatnashayotgan barcha sportchilarga omad tiladilar. Shundan so‘ng, 100 dan ortiq polvonlar gilamga tushib, 7 ta vazn toifasida o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Ishtirokchilarning bahslari malakali hakamlar tomonidan odilona boshqarib borildi. Har bir bahslarda polvonlar murosasiz kurash olib borishdi. Aytish kerakki, keyingi yillarda asrlar davomida mardlik, bag‘rikenglik, olijanoblik va halollikning timsoli sifatida eʼzozlanib kelingan, o‘zbek xalqining tarixiy merosi – “Kurash” milliy sport turini yana-da rivojlantirish va targ‘ib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Milliy gvardiya tizimida ham ushbu sport turi keng ommalashib, doimiy ravishda shug‘ullanib kelayotgan, ko‘plab nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritayotgan polvonlar safi kengaymoqda. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada ham har bir vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, umumjamoa hisobidagi natijalarga ko‘ra, Milliy gvardiyaning Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismi jamoasi uchinchi o‘rinni, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jamoasi ikkinchi o‘rinni, Qoraqalpog‘iston respublikasi Milliy gvardiyasi boshqarmasi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, jamoalarga musobaqa kubogi tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech