Termiz shahridagi 12-sonli mehribonlik uyi hududlariga 100 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Milliy gvardiyaning Surxondaryo Viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Termiz shahridagi 12-sonli mehribonlik uyi hududlariga 100 dan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Uyushqoqlik va yuqori saviyada tashkil etilgan har bir ish albatta kun kelib o‘z natijasini berishi aniq. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obod qilish va uni kelgusi avlod uchun ham asrab avaylash, barchamiz uchun birdek ezgu ish.