Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonligi hamda tizimda sidqidildan xizmat olib borayotgan tibbiyot xodimlari, shuningdek, hamkor vazirlik va idoralardan vakillar ishtirok etdi.

Dastlab marosimda Milliy gvardiya qo‘mondonining jonkuyar soha mutaxassislari uchun bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bir qatorda Milliy gvardiya tizimida ham tibbiyot sohasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib, shaxsiy tarkib hamda ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat ko‘rsatish yangi bosqichga olib chiqilganligiga alohida urg‘u berildi. Nutq davomida salomatlikni asrashdek ezgu maqsad yo‘lidagi xizmatlari uchun barcha kasb egalariga minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng, sana munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari, ularning oila aʼzolarini sog‘lig‘ini saqlash hamda mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan soha xodimlarini, shu bilan bir qatorda hamkor vazirlik, idoralarning tibbiyot xodimlari munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, yuzga yaqin O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Aʼlo xizmatlari uchun”, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi fidoyi xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlar hamda faxriy yorliq va Milliy gvardiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng, bayram dasturxoni atrofida kasb bayramini nishonlayotgan tibbiyot vakillari uchun Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari tomonidan diltortar navolar ijro etildi.

Text to speech