Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda ayollarning o‘rni” mavzusida Surxondaryo viloyatida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida "Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda ayollarning o‘rni" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.  

Ushbu trening Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari Dilnoza Muratova va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen raisligida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bojxona, IIV, mudofaa vazirligi vakillari, shuningdek, Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i polkovnik N.Muinova va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha masʼul ofitseri podpolkovnik B.Ashirmatovalar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. 

Unda, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan kompleks islohotlar natijasida O‘zbekistonda jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar hamda ularni taʼminlash uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani  taʼkidlandi. Xususan, maʼruzachilar tomonidan, O‘zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani va ushbu muhim masalalar  “O‘zbekiston-2030” strategiyasida o‘z aksini topganiga alohida urg‘u berildi.

Text to speech