Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“To‘maris izdoshlari-2023” tanlovida Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari ham munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bugungi kunda armiyamiz saflarida nafaqat yigitlar balki fidoiy, sadoqatli va mard xotin-qizlar ham xizmat qilishmoqda. O‘tkazilgan mazkur tanlov qizlarning qanchalik mard va jasoratli ekanligini ko‘rsatdi. Shijoat, ildam harakat va muvaffaqiyat. G‘olib bo‘lish uchun har bir jamoada ana shunday ishtiyoq kuchli bo‘ldi.

Chaqqonlik, qatʼiyatlilik, zukkolik, oqilalik va mohirlik. Bu fazilatlarni o‘zlarida jam qilgan jamoalar katta ishonch bilan tanlovda jam bo‘lishdi. Tanlovning rasmiy qismida so‘z olganlar sohaga qaratilayotgan eʼtibor, ayol xodimalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘rni va rolini oshirish, isteʼdodlarini namoyon qilishlari bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini va yaratilayotgan shart-sharoitlarni, davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xotin-qizlarning mehnatini alohida eʼtirof etishdi.

Jamoani tanishtirish, pazandalik, harbiy-tibbiy tayyorgarlik, otish tayyorgarligi, belgilangan masofaga estafeta yugurish hamda erkin uslubda 50 metr masofaga suzish mashqi bo‘yicha bellashgan jamoalarning yakuniy natijalari bo‘yicha mazkur tanlovda Mudofaa vazirligi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ichki ishlar vazirligi vakillari ikkinchi va Milliy gvardiya jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Taʼkidlash kerakki, xodimlarda yuksak jangovar tayyorgarlikni oshirish, yetakchilik xususiyatlarini rivojlantirish, sog‘lom, maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdek maqsadlarni ko‘zlagan ushbu ko‘rik-tanlov qizg‘in va murosasiz jarayonlarga boy bo‘lgani bilan esda qoldi.

Sharafli kasbida soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tanlov g‘oliblari diplom, pul mukofoti va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng jonkuyar harbiy xizmatchi xotin-qizlar jamoasi”, “Eng namunali harbiy xizmatchi xotin-qizlar jamoasi”, “Eng faol va tashabbuskor harbiy xizmatchi xotin-qizlar jamoasi” nominatsiyalari bo‘yicha Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari munosib rag‘batlantirildi.

Tadbir so‘ngida Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi mamlakatimiz osoyishtaligi va daxlsizligini taʼminlashdek muhim vazifani o‘z zimmasiga olgan tanlov ishtirokchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech