TO‘MARIS IZDOSHLARI KO‘RIK TANLOVI DAVOM ETMOQDA
"8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami munosabati bilan Milliy gvardiyaning barcha hududiy bo‘linma va muassasalarida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodima ayollar o‘rtasida «To‘maris izdoshlari» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, ushbu hafta mobaynida Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat qilayotgan munis vakilalarimiz o‘zaro bellashdilar. Tanlovlar davomida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga bo‘lgan hurmat va sadoqati, , dunyoqarashi va fikrlash doirasi, sohaga oid bilimlari, normativ hujjatlarni bilish darajasi hamda tezkorlik, zukkolik va chaqqonlik sifatlari munosib baholandi.
Shuningdek, viloyat bosqichining barcha shartlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, g‘olib deb topilgan ayol harbiy xizmatchi va xodimalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi. Eng asosiysi, g‘oliblar Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.