Toshkent “Temurbeklar maktabi”da “Temur tuzuklari - Amir Temur davlatining huquqiy asosi” mavzusida intellektual o‘yin o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti polkovnik Sh.Xotamov, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tayanch doktorantlari J.G‘ulomjonov, E.Karimov, Sh.Neʼmatov, X.Avazov va A.Tilavoldiyevlar ishtirok etdilar.
Intellektual o‘yin O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti vakillaridan iborat bo‘lgan hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalarga Diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.