Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilari tomonidan psixologik seminar-trening tashkil etildi
Jahonda oila institutini mustahkamlash dolzarb muammo bo‘lib, oilaviy ajrimlarning ko‘payib borayotganligi, oilalarda nosog‘lom muhitning hukm surishi va nikohning barbod bo‘lishi – ko‘plab ichki ruhiy siqilishlar, ziddiyatlar va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Shu munosabat bilan Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilari bilan “Oilada ijtimoiy, psixologik muammolarning o‘zaro munosabatlarga taʼsiri va ularning oldini olish” mavzusida psixologik-trening mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida harbiy xizmatchi va xodimlarga oilaning ijtimoiy-psixologik tasnifi va vazifalari bo‘yicha tushunchalar berilib, amaliy mashqlar orqali oilalarda kuzatilayotgan dolzarb muammolarga yechim topish uchun ko‘nikmalar shakllantirildi.