Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 23 fevral kuni Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida Milliy gvardiya tizimida harbiy intizom va huquq-tartibotni mustahkamlash, jinoyatchilik va qonunbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish,shaxsiy tarkibni hayotini va sog‘ligini asrash, axloqiy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi Jumayev Otabek Otaqulovich hamda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Prokuraturasi bo‘lim harbiy prokurori adliya podpolkovnigi Rayimov Navro‘z Ro‘ziqulovichlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.