Toshkent viloyatida harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi
Bugungi kunda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda, joriy yilning 22 iyun kuni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Chirchiq harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda inspektor-psixologlar hamda ularning oila aʼzolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Soha vakillari hamda ularning oila aʼzolari o‘rtasida o‘tkazilgan sayyor qabulda asosiy eʼtibor, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalardagi sog‘lom muhitni tashkil etish va mavjud muammolarni hal etishga qaratildi. Sayyor qabul ishtirokchilari masʼul xodimlardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.