Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
O‘rta asr yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat xomiysi sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi, yuridik fanlar doktori, professor-o‘qituvchilari M.A.Usmonova va M.T.Axmedovalar ishtirok etib, ular tomonidan tinglovchilarga Temuriylar sulolasi asoschisi bo‘lgan Amir Temur bobomizning amalga oshirgan buyuk ishlari, dunyoda tan olinishiga sababchi bo‘lgan g‘alabali yurishlari va bunyodkorlik sohasida qoldirgan boy tarixiy merosi yetkazildi.