Toshkent viloyatida Milliy gvardiya tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy prokuratura bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, O‘rtachirchiiq va Piskent tumanlaridagi otaliqqa olingan yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ochiq eshiklar kuni, qurol aslahalar ko‘rgazmasi, ot minish mahorati, kamondon otish kabi sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, yoshlar dala sharoitida harbiylar oshxonasida tushlik qilishib, harbiycha hayot bilan yaqindan tanishishdi. “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”da har bir o‘g‘il qiz bilan ularning qiziqishlari, ijtimoiy muammolari yuzasidan suhbatlashildi. Tadbir so‘ngida kun davomida o‘tkazilgan tadbirlarda faol bo‘lgan va musobaqalarda g‘olib bo‘lgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.