Toshkent viloyatida, kelib tushgan xabarga asosan Qo‘riqlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan do‘konga o‘g‘irlikka tushgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 10-iyul kuni tungi soat 03.46 da Bekobod shahrining 11- mavzesida joylashgan alkogol mahsulotlari do‘konidan, Qo‘riqlash bo‘linmasiga “tashvish” signali kelib tushgan. Olingan xabarga asosan ushbu obyektga zudlik bilan yetib borgan tezkor guruh tomonidan do‘konning eshigi buzilgani va ichkarida nomaʼlum shaxs borligi aniqlanib qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashovchi 32 yoshli fuqaro M.X. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.