Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkentda Chorsu bozorida o‘g‘irlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yil 8 oktyabr kuni Chorsu bozorida joylashgan zargarlik do‘konlaridan birining rahbari Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, soat 11:35 larda nomaʼlum shaxs sotuvchining mijozlarga xizmat ko‘rsatayotganidan foydalanib, qiymati 1 million 920 ming so‘mlik tilla uzukni o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.

O‘g‘irlik sodir bo‘lgan jarayon do‘konga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan bo‘lib, 14-oktyabr kuni Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ichki ishlar organlari xodimlari bozorda xizmat olib borayotgan vaqtda uzuk o‘g‘irlagan shaxsga tashqi ko‘rinishi o‘xshash fuqaroni payqab qolgan.

Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. So‘roq davomida olib kelingan shaxsning tashqi ko‘rinishi videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan gumonlanuvchining tasvirlari bilan solishtirilgan va o‘xshashlik tasdiqlangan.

Ushlangan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritilganda u poytaxtlik 30 yoshli T.O. ekani maʼlum bo‘ldi. So‘roq paytida qo‘lga olingan shaxs uzukni aynan u o‘g‘irlaganini tan olib, o‘g‘irlangan buyumlarni uyda saqlayotganini bildirgan. Uzuk zargarlik do‘koni rahbariyatiga qaytarilgan.

Hozirgi kunda o‘g‘irlik holati bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech