Toshkent shahri va viloyatida 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi
Milliy gvardiyaning Toshkent shahri va viloyatida joylashgan harbiy qismlarida "Besh muhim tashabbus" loyihasi doirasida yoshlar maʼnaviy kamoloti va jismoniy salomatligiga qaratilgan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
"Yoshlar uchun bir kun" shiori ostida o‘tkazilgan ochiq eshiklari kunida Uchtepa va Olmazor tumanidagi mahallalarning 200 nafardan ortiq yoshlari faol ishtirok etdi. Ular shaxmat-shashka,arqon tortish, stol tennisi, basketbol bo‘yicha musobaqalarida bir birlari bilan o‘zaro kuch sinashdi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiylikka qiziqtirish maqsadida ko‘rgazmalar, milliy armiyamiz kuch qudratini tanishtirish uchun jasorat darsi, kitobxonlik, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi usullari, muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiqlar va faxriy qorovul bo‘linmasi tomonidan tashkillashtirilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir so‘ngida yoshlarga tizim faoliyatiga oid videorolik va harbiy orkestr ijrosidagi musiqiy dasturlar taqdim etildi. Albatta, o‘tkazilgan tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetkazishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.