Toshkent viloyatida Navro‘z tantanalari davom etmoqda
Toshkent viloyatida Navro‘z munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimlar davom etmoqda. Xususan, 22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Zangiota tumanining Nazarbek MFYdagi mahalla idorasi hamda tez tibbiy yordam xodimlari uchun qurilib bitkazilgan yangi binolarning topshirilishi tuman aholisi uchun bayramona tuhfa bo‘ldi.
Tadbirda Toshkent viloyat hamda tuman hokimliklari, Milliy gvardiya va sektor mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.
Yangi mahalla binosining ochilishi, ushbu hududdagi kam ta’minlangan oila farzandlari uchun sunnat to‘ylari o‘tkazilishi haqiqiy bayramga aylandi. Tadbirda Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli, tuman Madaniyat bo‘limi va estrada xonandalari ishtirokida katta konsert dasturi bayramona kayfiyat ulashdi.
Bolajonlarga sovg‘a qilingan velosipedlar bo‘lsa, ularning xursandchiligiga sabab bo‘ldi.