Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkent viloyatida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Toshkent viloyati aholisi bilan mahallabay ishlash tizimini amalga oshirishga qaratilgan chora tadbirlar davom ettirilmoqda. Xususan, viloyat hududida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarlarning oilalariga ham alohida eʼtibor qaratilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkillashtirildi
Mazkur tadbirda 100 dan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari ishtirok etib, turmush tarzi bilan bog‘liq qator masalalar yuzasidan sayyor qabulda murojaatlarni tinglagan Milliy gvardiya qo‘mondonligi va viloyat boshqarmasi mutasaddi rahbarlari, Chirchiq harbiy prokuraturasi, bandlik va mehnat munosabatlari, xalq taʼlimi hamda maktabgacha taʼlim boshqarmalari masʼul vakillari tomonidan mavjud muammolarning ijobiy yechimini topish choralari ko‘rildi. Tashrif buyurgan harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari shuni taʼkidlashdiki, bundan oldingi bo‘lib o‘tgan sayyor qabullar jarayonidagi muammolarining aksariyati bugunda hal etilgan.
Tadbir jarayonida oilalarning mustahkamligini taʼminlashda ayollarning roli bugunda o‘ta miximligi taʼkidlab o‘tildi. Va ularni bugunda qanday ijtimoiy muammolar qiynab ketayotganligi bo‘yicha xar birining murojaatlari tinglandi. Uy-joy, maktabgacha taʼlim muassasalariga farzandlarini joylashtirish, xizmat joylarini doimiy turar manziliga ko‘chirish, madaniy xordiq, harbiy taʼlim, bandlikni taʼminlash yo‘nalishlarida savollar berildi. Xar bir murojaat tegishli masʼul ofitser va xodimlar tomonidan yozib olinib, ijrosi yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatildi.

Text to speech