Tunda Chorsu bozorida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
3 iyuldan 4 iyulga o‘tar kechasi, taxminan soat 00.30 larda Shayxontohur tumani “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari “Chorsu” bozorining o‘ziga biriktirilgan hududida patrullik qilish chog‘ida shubhali erkakni payqab qolishgan. Erkak kechasi bozor hududiga nima maqsadda kelganligi haqidagi savollarga javob bera olmagan, buning ustiga yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan. Qo‘lga olingan shaxs Andijon viloyatida tug‘ilgan 34 yoshli A.M. bo‘lib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246 (“Kontrabanda”) va 275 (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar ishlab chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish”) moddalari bilan jinoyat sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan qidiruv eʼlon qilingan.