“Uch avlod uchrashuvi”
Istiqlolimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Toshkent shahridagi mehribonlik uylari hamda Sirdaryo viloyati Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari hamda faxriylar kengashi aʼzolari, shuningdek O‘zbekiston Xalq artisti Afzal Rafiqov ishtirokida yoshlar bilan turli mavzulardagi qiziqarli va ochiq muloqot ostida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘quvchilarga o‘zlarining boy hayotiy tajribalarini so‘zlab berdi. Bolalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaatlar qilishib, ko‘plab tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maʼlumotlarni olishdi.
Qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lgan uchrashuv faxriy qorovul batalyoni shaxsiy tarkibining qurol bilan safona ko‘rgazmali chiqishlari va kursantlarning “Qo‘l jangi” usullari namoyishi bilan yana-da mazmunli o‘tdi. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ashula va raqs ansambli xonandalarining kuy qo‘shiqlari esa tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.