Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun o‘quv yig‘ini yakunlanib, sertifikatlar topshirildi

Joriy yilning 26-28 avgust kunlari respublikamizdagi umumtaʼlim maktablarining “Harbiy-vatanparvarlik” va “Yosh gvardiyachilar” sinflari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta taʼlimi maktablarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari uchun o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Milliy gvardiya hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv yig‘ini Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyati mintaqaviy o‘quv markazlarida bo‘lib o‘tdi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitish metodikasi, harbiy poligonlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish bo‘yicha maʼruzalarni tinglab, harbiy qism va harbiy taʼlim muassasalariga ekskursiyalarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha maslahatlar olishdi.

Bundan tashqari, o‘quv yig‘ini ishtirokchilariga o‘smirlar psixologiyasi asoslari bo‘yicha saboqlar berildi.

Bugun mazkur o‘quv yig‘in yakuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Malaka oshirgan o‘qituvchilarga sertifikatlar orkestr sadolari ostida mutasaddilar tomonidan topshirildi.

Text to speech