UYMA-UY YURIB AMALGA OSHIRILAYOTGAN PROFILAKTIK TADBIRLAR
Mamlakatimizda aholi, jumladan yoshlar o‘rtasida koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari orta boshlaganligi sabab joriy yilning 1 aprel kunidan respublikamiz bo‘ylab ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga ayrim cheklovlar o‘rnatilishi maʼlum qilindi.
Bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlari joylarda xususan, Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda xotin-qizlar qo‘mitasi masʼullari harbiy xizmatchi va xodimlarining mahallalar kesimida xonadonlariga tashrif buyurib infeksiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullari va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.