Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi
Joriy yilning 27 aprel kuni soat 18:20 da Navoiy viloyati Uchquduq tumani Qo‘riqlash bo‘limiga A.Temur ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanlarning biridan “Tashvish” signal kelib tushgan.
Olingan xabarga ko‘ra, voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan tuman Qo‘riqlash bo‘limining tezkor guruh hodimlari tomonidan, o‘zaro janjallashayotgan bir guruh shaxslar tinchlantirilgan holda janjal ishtirokchilari Uchquduq tumani IIBga olib borib topshirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritildi va holat yuzasidan tergov ishlari davom ettirilmoqda.