Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Milliy gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan "Yosh gvardiyachilar" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilgan mazkur bahslarda respublikadagi umumtaʼlim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari orasidan jismonan sog‘lom, intellektual va intizom borasida eng faol o‘quvchilar orasidan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra o‘quvchi yoshlar bilimdonlar bellashuvi, saf tayyorgarligi, ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishi, zaharlangan hududdan o‘tish, o‘q dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘qdonga joylash, kamondan otish, suvli to‘siqdan o‘tish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Ikki kun davomida qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan bahslarning g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik M.Ganiyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari F.Boqiyev, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Sattorov Xayrullo Fayzullayevich va boshqa bir qator mutasaddi rahbarlar, shuningdek, “ Yosh gvardiyachi” musobaqasi respublika bosqichining 150 nafar ishtirokchilari qatnashdi.

Dastlab harbiy-akademik litsey saf maydonida harbiy-sport musobaqasining 7 ta nominatsiyasini qo‘lga kiritgan hamda 4 ta faol ishtirok etgan jamoa sardorlari taqdirlandi.

Shuningdek,bellashuvlar natijalariga ko‘ra 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani 18-maktab jamoasi, 2-o‘ringa sazovor bo‘lgan Namangan viloyati Chust tumani 10-maktab o‘quvchilari, faxrli 1-o‘ringa loyiq topilgan Navoiy viloyati Navoiy shahri 1-maktabning o‘quvchi-yoshlariga musobaqa diplomi, medali, kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali topshirildi.

Tadbir so‘ngida Harbiy orkestr jamoasi hamda Milliy gvardiya harbiy musiqali akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech