Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida o‘quv yili yakunlanishi munosabati bilan xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Mavzuga oid masalalar video-selektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi, unda IIV, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbar xodimlari hamda hududiy studiyalardan sohaga oid mutasaddilar ishtirok etishdi.

  Vazirlik o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mazkur yig‘ilishda asosiy eʼtibor tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda ko‘ngilsiz hodisalar sodir etilishini oldini olish, hamda fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lishga qaratilishi, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, tadbir joylarini tekshiruvdan puxta o‘tkazilishi, tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlar atrofida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan manzilli profilaktik ishlarni amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratildi.

Yig‘ilishda, IIV o‘rinbosari general-mayor B. Abdullayev va Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik A.Sormonqulovlar tomonidan joylardamutasaddi rahbarlarga  tegishliligi bo‘yicha   ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

IIV o‘rinbosari B. Abdullayev mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida barcha idoralar, sohaviy xizmatlar rahbariyati o‘z masʼuliyatini oshirishi hamda xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni yuqori saviyada namunali tashkil etilishiga ishonch bildirdi.

 

Text to speech